14:35 / 01.06.2020
4112

Andijonda tuman hokimlari va sektor rahbarlari uchun kambag‘allikni qisqartirishga doir o‘quv-seminar tashkil qilindi

Andijondagi tuman va shahar sektor rahbarlari kambag‘allikni qisqartirishga doir o‘quv-seminarda ishtirok etdilar.  

Viloyatning 16 ta tuman va shaharlaridagi 64 ta sektor rahbarlari  o‘zlariga biriktirilgan hududlarda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarni joriy yil oxirigacha “temir daftar”dan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga bag‘ishlangan 3 kunlik o‘quv-seminarni tinglashdi.

 Seminar mavzulari davlat rahbari tomonidan Vazirlar Mahkamasi majmualari rahbarlariga belgilab berilgan muhim vazifalarni amalda bajarish mexanizmlari va tartibini batafsil, aniq misollarda tushuntirishga qaratildi.

Darslar Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudirlari, vazirliklar, idoralar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi professor o‘qituvchilari moderatorligida tayyorlangan tahliliy materiallar asosida o‘tkazildi.

Elmurod Ermatov

Top