22:08 / 01.06.2020
7257

CNN: Tramp ta'sir kuchiga ega afroamerikaliklar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi mumkin

AQSh prezidentining bir necha yordamchilari unga politsiyaning qora tanlilarga nisbatan keskin munosabatlari masalasini ta'sir kuchiga ega afroamerikaliklar bilan muhokama qilishni tavsiya etgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp va uning yordamchilari norozilik namoyishlari va tartibsizliklar sababli ta'sir kuchiga ega afroamerikalik jamoat arboblari bilan maslahatlashuvlar  o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Telekanal manbalarining aytishlaricha, AQSh ma'muriyati xodimlari qator shaxslarga ushbu taklif bilan murojaat qilgan. Maslahatlashuvlar shu haftada o‘tkazilishi mumkin.

Qayd etilishicha, AQSh prezidentining bir necha yordamchilari unga politsiyaning qora tanlilarga nisbatan keskin munosabatlari masalasini ta'sir kuchiga ega afroamerikaliklar bilan muhokama qilishni tavsiya etgan.

O‘tgan haftada Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng AQShning qator shaharlarida ommaviy namoyish va tartibsizliklar davom etmoqda. U politsiyachilarning qo‘pol harakatidan keyin kasalxonada vafot etgandi.

Mavzu
Minneapolisdagi namoyishlar
25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etgach AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top