16:07 / 01.06.2020
32372
Foto: Abdulla Aripov So‘xda aholi bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 1 iyun kuni Qirg‘iziston bilan chegara zonasida joylashgan Farg‘ona viloyati So‘x tumani aholisi bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov o‘zaro muzokaralardan keyin mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Qirg‘iziston tomoni bilan muzokaralarda mojaro aybdorlarini jazolashga kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘i aholisi va Qirg‘izistonning Botken oblastidagi qishloq aholisi o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi.

Ma'lum bo‘lishicha, mojaroga «Chashma» bulog‘ining ariqlarini birgalikda tozalash paytida yuzaga kelgan bahslashuv sabab bo‘lgan.

Top