11:05 / 01.06.2020
2777
«Frilans» aksiyasi – Aim.uz bilan uyda qolib pul ishlang!

«Frilanserlik» – uyda o‘tirib internet orqali pul ishlash bugungi kunda O‘zbekistonda ommalashmoqda.

Biz Sizga huddi shunday foydali imkoniyatni taqdim etamiz:

Yurtimizdagi ommabop saytlaridan biri – Aim.uz «Frilans» aksiyasini e'lon qiladi. Internetni tushungan istalgan hamyurtimiz saytga kerakli ma'lumotni yuklab, buning uchun haq olishlari mumkin.

Aksiya haqida batafsil ma'lumot mana bu yerda!

Aim.uz haqida ikki og‘iz...

Ushbu sayt O‘zbekistondagi ta'lim portallardan biri sifatida 5 yildan buyon ayniqsa yoshlarga ko‘maklashib kelmoqda. Har hafta mazkur saytga 100 mingga yaqin foydalanuvchi kiradi va minglab megabayt ma'lumot yuklab oladi yoki yuklaydi.

Sayt bir nechta bo‘limlardan tashkil topgan:

1. Referatlar bo‘limi. Ushbu bo‘limda turli soha va yo‘nalishlarga oid minglab referatlar joy olgan. Shuningdek, bu yerda abituriyentlar uchun turli xil test materiallari ham mavjud.

2. Taqdimotlar bo‘limida talabalar uchun sohalar bo‘yicha mavzularga bo‘lingan taqdimot slaydlari joylashtirilgan.

3. Dars ishlanmalari – ustoz va murabbiylarning sevimli bo‘limi bo‘lib, unda dars o‘tish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan turli hujjat namunalari, jumladan dars ishlanmalari, tadbir ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar joy olgan.

4. Keyingi ikki bo‘lim (IELTS va CEFR) ingliz tilini o‘rganuvchilarga moslashtirilgan bo‘lib, ularda turli xil imtixonga tayyorlov kitoblari, so‘zlashuv, yozuv, tinglash, o‘qish va grammatika ko‘nikmalari bo‘yicha ma'lumotlar jamlangan.

5. Biznes bo‘limi tadbirkorlik sohasiga qiziqadigan hamyurtlarimiz uchun bo‘lib, undan biznes rejalar, shartnoma va turli hujjat namunalari hamda o‘zbek va rus tillaridagi biznesga aloqador eng sara kitoblarni ko‘chirib olishingiz mumkin.

6. Kitoblar bo‘limida o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi badiiy va ilmiy adabiyotlar hamda maktab darsliklarining eng so‘ngi nashrlari joy olgan. Shuningdek saytda elektron hujjatlarni o‘qish va ta'limga oid boshqa zarur dasturlardan foydalanish mumkin.

Xullas, ziyo istovchilar uchun Aim.uz katta ma'lumotlar bazasi – «onlayn ensiklopediya»dir.

Reklama huquqi asosida

Top