16:00 / 01.06.2020
665
«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ: kompaniyamiz aholini sug‘urta himoyasi bilan ta'minlashga doimo tayyor

Aholi mol-mulkiga baxsiz hodisa oqibatida zarar yetganda unga moliyaviy ko‘mak berish sug‘urta kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, «KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ 2020 yilning 19 mayidan boshlab, bugungi kunga qadar ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga jami 221 ta sug‘urta hodisasi bo‘yicha 1,4 mlrd so‘m sug‘urta qoplamalarini amalga oshirdi. 

Jumladan, yaqin o‘tgan kunlarda Buxoro viloyati hududida tabiiy ofat natijasida yetkazilgan zarar bo‘yicha 280 mln so‘m hamda Sirdaryo viloyati bo‘yicha 155 mln so‘m miqdoridagi mablag‘ aholi va tashkilotlarga to‘lab berildi. 

Aytish joizki, kompaniya jismoniy va yuridik shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, o‘z mijozlari oldida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha qabul qilgan majburiyatlarini muddatida va mamlakatimizning barcha hududlarida yetkazilgan zararlar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan sug‘urta da'volari bo‘yicha arizalarni tezkorlik bilan hal etishni asosiy maqsad deb biladi.

«KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi» AJ Axborot xizmati

Top