08:40 / 01.06.2020
3634
Olmaliqda 43 yoshli shaxs qariyb 5 kg giyohvandlik vositasi bilan ushlandi

Holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 21 may kuni soat 01:10da Toshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Uning davomida, fuqaro, 43 yoshli S.U. Olmaliq shahar Olmaliqsoy ko‘chasida giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishda gumon qilinib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilingan vaqtda, uning o‘ng qo‘lida bo‘lgan sumkasining ichida giyohvandlik vositasiga o‘xshash o‘simlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, fuqaro S.U.dan olingan vosita og‘irligi 4 758 grammga teng bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.U. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Top