13:16 / 01.06.2020
11380

O‘zbekistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni ochiqlandi

O‘zbekistonda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan. 

2020 yil 1 yanvar holati bo‘yicha O‘zbekistonda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 5 million 112 ming 470 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 4 million 757 ming 806 nafari qiz bolalardir.

Respublikada 0–14 yoshdagi o‘g‘il-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Top