23:35 / 01.06.2020
20444
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3700dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 29 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. Shundan 6ta holat aholi orasida qayd etilgan.

«2020 yil 1 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3702 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari karantin markazidagi (20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun 79ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 22 bemor tuzalib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2859 nafarga yetdi.

Respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 828 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top