10:15 / 01.06.2020
44458
O‘zbekistonda yana 39 kishida koronavirus aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 39 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 1 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3662 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari karantin markazidagi (Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Namangan viloyatida karantinda bo‘lgan fuqarolar orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 2 nafari esa Rossiyadan Toshkent viloyatiga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan», deyiladi xabarda.

31 may kuni jami 77ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 54 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2837 nafarni (77 foiz) tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatdagi shifoxonalarda jami 810 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top