21:42 / 01.06.2020
36669

Respublika PPXga yangi rahbar tayinlandi

IIV Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga yangi boshliq va Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yangi o‘rinbosari tayinlandi.

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, polkovnik Azizxon Sharipxonovich Umarxonov IIV Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Azizxon Umarxonov

Azizxon Umarxonov 2018 yil mayidan buyon Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Endilikda uning o‘rniga polkovnik Murodilla Saydullayevich Alikariyev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Murodilla Alikariyev

Murodilla Alikariyev 2019 yil martidan buyon Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning noyabridan Ichki ishlar vazirligining Patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bekmurod Abdullayev 2020 yil aprelida Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top