09:59 / 01.06.2020
33470
Tojikistonda bir kunda 123 kishida koronavirus aniqlandi. Imomali Rahmon mulozimlarga yangi topshiriq berdi

31 may holatiga ko‘ra, Tojikistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3 ming 930 kishiga yetdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bir kunda 123ta yangi kasallanish holati aniqlandi.

Foto: Asia-Plus

Bir kunda tuzalganlar soni 139 kishiga ko‘paydi va umumiy 2004 kishini tashkil qilmoqda.

O‘lim darajasi to‘rt kundan beri o‘zgarmadi - epidemiya boshlangandan beri qurbonlarning umumiy soni, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 47 kishi.

Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Jaloliddin Abdullozodaning «SSSR» gazetasiga bergan intervyusida aytishicha, respublikada koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi ortda qoldi.

«Kasallanishning eng ko‘p holati 15 mayda qayd etildi, o‘shanda 211 kishida koronavirus aniqlandi. Bu birinchi holatlar qayd etilgan davr boshidan (30 aprel) beri eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi. 15 maydan keyin mamlakatda kasallanganlar soni kun sayin kamayib, tuzalib ketganlar soni ko‘paymoqda. Ko‘rib turganingizdek, so‘nggi kunlarda bironta ham o‘lim qayd etilmadi», - dedi u.

2021 yil 1 sentyabrgacha Tojikiston viloyatlari, shaharlari va tumanlarida yuqumli kasalliklar shifoxonalari qurilib, foydalanishga topshiriladi.

Ular tadbirkorlarni jalb qilgan holda tashkil etiladi va zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlanadi. Bu haqda Tojikiston rahbarining joriy yil 20 may kuni Dushanbedagi muassasalarga tashrifi hamda tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvida bergan ko‘rsatmalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining bandlarida aytiladi.

Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon 27 may kuni ushbu rejani tasdiqladi, deb xabar beradi «Xovar».

Unga ko‘ra, COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha epidemiyaga qarshi tadbirlarni kuchaytirish Respublika shtabi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga ushbu virusni butunlay yo‘q qilish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish topshirildi. Tizimli ravishda davlat rahbariga amalga oshirilayotgan ishlar natijalari to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyatlar, shaharlar hamda tumanlar davlat hokimiyati ijro etuvchi organlariga bemorlarni qabul qilish va davolash uchun 15 iyungacha hamda undan keyin mavjud kasalxonalarda qo‘shimcha joylarni tayyorlash vazifasi yuklandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top