19:59 / 01.06.2020
12942
Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 mingdan oshdi

Sog‘ayganlar soni 2089 nafar bo‘lib, 1814 kishi kasalxonalarda shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Foto: Asia-Plus

Tojikistonda 1 iyun holatiga ko‘ra COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4013 kishiga yetdi. Bir sutkada 83 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

O‘lim holatlari bo‘yicha ko‘rsatkich besh kundan buyon o‘zgarmadi – epidemiya boshlanganidan buyon 47 kishi vafot etgan.

Sog‘ayganlar soni 2089 nafar bo‘lib, 1814 kishi kasalxonalarda shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatdagi 85ta kasalxonaga 7500 nafar shifokor va 25 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimlari safarbar qilingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top