17:05 / 01.06.2020
62851
Uch hududda aholi orasida yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 11 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. Shundan 5ta holat aholi orasida qayd etilgan.

«2020 yil 1 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3673  nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 7tasi Toshkent shahrida qayd etilgan, shundan 3ta holat aholi orasida, 4ta holat esa statsionar karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatida aholi orasida 1tadan holat aniqlangan, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 2 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Bugun hozircha 50ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 22 bemor tuzalib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2859 nafarga yetdi.

Respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 799 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top