16:55 / 01.06.2020
5571
Uch hududda jami 22 kishi tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi uchta hududda 22 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha Covid-19’dan tuzalganlar soni 2859 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafar, jami 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari (50 va 47 yoshli ayollar) Toshkent viloyati, 1 nafari esa (28 yoshli erkak) Surxondaryo viloyatidan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafar esa Namangan viloyatidan.

Endilikda Toshkent shahrida sog‘ayganlar soni 1120 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, 6 nafari erkak, 5 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshda, yoshi kichigi 18 yoshda. 

Andijon viloyatida tuzalgan bemor (22 yoshli ayol) Andijon shahridan bo‘lib, endilikda viloyatda sog‘ayganlar soni 175 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2859 nafarga yetdi.

Respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 788 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top