14:46 / 01.06.2020
6076

Ukraina 15 iyundan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi

Xalqaro yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar birinchi navbatda turistik mamlakatlarga tiklanadi. 

Foto: REUTERS/Valentyn Ogirenko

Ukraina 15 iyundan xalqaro aviaqatnovlarni tiklashni rejalashtirmoqda. 

"15 iyundan xalqaro va ichki aviaqatnovlar ochiladi. Ichki aviaqatnovlar ertaroq ochilishi ham mumkin", - dedi mamlakat infrastruktura vaziri Vladislav Krikliy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar birinchi navbatda turistik mamlakatlarga tiklanadi. 

"Bular ko‘pchilik kutayotgan Turkiya, Gretsiya, Kipr, Monte-Negro, Xorvatiya, Gruziya. Yanada aniqroq ma'lumotni bir hafta ichida e'lon qilamiz", - dedi Krikliy.

Vazirning aytishicha, Ukraina hozircha Italiya va Ispaniya bilan aviaqatnovlarni tiklashni rejalashtirmayapti.

U shuningdek, asosiy turistik yo‘nalishlarda qatnovchi poyezdlar soni oshirilishini ham aytib o‘tdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top