00:27 / 02.06.2020
113875
1 iyun kuni uch hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

1 iyun kuni O‘zbekistonda jami 79ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 22 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2859 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 828 bemor davolanmoqda.

Bugun yangi holatlar 5 hududda - Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida aniqlandi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

79ta yangi kasallanish holatining 15tasi aholi orasida qayd etilgan.

Aholi orasida
Toshkent shahrida 13ta yangi holat aholi orasida qayd etilgan. Jumladan, «O‘rikzor» savdo majmuasida do‘kon sotuvchisi va uning qizida, shuningdek, sotish uchun mahsulotlarni ushbu savdo majmuasidan olib, Yunusobod tumanida joylashgan do‘konida faoliyat ko‘rsatuvchi sotuvchi va uning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus tasdiqlangan.

Toshkent viloyatida aholi orasida bitta holat qayd etilgan, shuningdek, Rossiyadan Toshkent viloyatiga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilaridan 4 nafariga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Sirdaryo viloyatida aholi orasida bitta holat qayd etilgan, shuningdek, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 2 kishida virusga chalinish holati tasdiqlangan.

Karantinda
Toshkent viloyatida xorijdan olib kelinib karantinga joylashtirilganlar orasida jami 46ta holat qayd etilgan, Toshkent shahrida bemorlar bilan aloqada bo‘lgani uchun statsionar karantinga olinganlar orasida 10ta holat qayd etilgan.

Endilikda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni 586 nafarga yetgan (Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatida aniqlangan bemorlar ham poytaxtga olib kelinadi).

Bugun Namangan viloyatida va Samarqand viloyatida karantinda bo‘lganlar orasida bittadan zararlanish holati aniqlandi.

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida bir kishi koronavirusdan vafot etgani to‘g‘risidagi gumonlar tasdiqlanmadi.

O‘z navbatida, Samarqand viloyatida 11, Toshkent shahrida 10, Andijon viloyatida esa 1 nafar bemor tibbiyot muassasalaridan sog‘ayib chiqishdi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3702 nafar bemordan 2859 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 828 nafar bemordan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top