21:04 / 02.06.2020
4066
31 davlatda 100dan ko‘proq jurnalist koronavirus qurboni bo‘ldi

Oxirgi 3 oy ichida, ya'ni 1 martdan 31 maygacha 31 ta davlatda kamida 127 jurnalist qoronavirusdan vafot etdi. Ulardan uchdan ikki qismi o‘z kasb vazifalarini bajarish vaqtida turli sabablar, jumladan himoya vositalari yetishmagani tufayli koronavirusga chalinganlar.  

Jurnalistlar orasida koronavirusdan eng ko‘p o‘lim Lotin Amerikasida qayd qilingan: Peruda – 15 kishi, Braziliya va Meksikada – 13 kishidan. Bundan mustaqil jurnalistik assotsiatsiya Press Emblem Campaign statistikasi darak bermoqda.

May oyining o‘zida koronavirusdan 72 jurnalist vafot etgan. 

“OAV xodimlari yangi virusga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydilar. Ular koronavirus tarqalishi haqida axborot berishlari kerak. Ulardan ba'zilari o‘z ishlarini bajarish vaqtida zaruriy himoya vositalari yetishmagani sababli vafot etganlar”, deb aytgan assotsiatsiya bosh kotibi Bleyz Lempen.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, jurnalistlar orasida koronavirusdan o‘lim holatlari ancha ko‘proq bo‘lishi mumkin. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top