09:41 / 02.06.2020
6063

Buxoroda fuqaroni 107 000 000 so‘mga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: KUN.UZ

2020 yilning fevral oyi boshlaridan 2020 yil 3 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt davomida Buxoro viloyatida fuqaro 53 yoshli I.Q. 29 yoshli Z.T.ning ishonchiga kirib, unga “arzon narxda rangli metall olib beraman” deb aldagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, I.Q. undan G‘ijduvon tuman “Armechan” MFY hududida jami bo‘lib 107.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, ehtiyojlariga sarflab yuborib, o‘ziga bildirilgan ishonchni suiiste'mol qilib, Z.T.ga 107.000.000 so‘mlik ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Top