16:41 / 02.06.2020
9305
Kun.uz'da yangi loyiha: FootWeek (Bobur Akmalov bilan)

O‘z ijodiy jamoasini mashhur sport jurnalisti Bobur Akmalov bilan kuchaytirgan Kun.uz yangi loyihalarni boshlab yubordi. E'tiboringizga FootWeek haftalik dasturini taqdim etamiz.

Endilikda doimiy tarzda Kun.uz'ning YouTube sahifasida berib borilajak ko‘rsatuvning birinchi sonida Bobur Akmalov bugungi kunda muxlislar diqqat markazida bo‘lib turgan mavzuni muhokama qilish uchun Jaloliddin Masharipov bilan suhbat uyushtirdi. Suhbatni tomosha qilib Masharipov nega Turkiyaga ketishni xohlayotgani va nega uning transferi hozircha amalga oshmaganini bilib olishingiz mumkin.

Shuningdek, dastur davomida Superliga qachon boshlanishi, o‘yinlar qay tartibda o‘tkazilishi va yangi tartiblar haqida gap borgan. FootWeek'ning ilk sonidan Osiyo futbol yangiliklari va «kuchli beshlik» chempionatlari borasida mulohazalar ham o‘rin olgan.

Xullas, Kun.uz'ning yangi loyihasini o‘tkazib yubormang. FootWeek (Bobur Akmalov bilan) sizni qiziqtirgan ko‘plab mavzularda ko‘rsatuvlar tayyorlashda davom etadi.

Top