17:35 / 02.06.2020
2959

«Markaziy Osiyoda aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda savdo muhim o‘rin tutishda davom etishi kerak» – Jahon banki

Jahon banki «Covid 19 va Markaziy Osiyoning oziq-ovqat xavfsizligi» mavzusiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi. Unda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk va Jahon bankining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya ishtirok etishdi va savollarga javob berishdi.

Brifingni kuzatgan Kun.uz muxbiri ekspertlarning fikrlarini o‘zbek tilida keltirib o‘tadi.

Koronavirus pandemiyasidan keyin Markaziy Osiyodagi oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi qanday bo‘ladi? Qanday vazifalarni bajarish kerak?

- Birinchi vazifa – qishloq xo‘jaligi savdosi va bozorlarga bo‘lgan ishonchni tiklash bo‘ladi. Pandemiya vaqtida mintaqada ko‘p tilga olingan oziq-ovqat xavfsizligiga to‘liq qaytish yoki o‘tish, o‘z-o‘zini ta'minlash masalasi – samarali qadam emas. Pandemiya vaqtida kiritilgan bozorni muvofiqlashtirishning ko‘plab vaqtinchalik choralari va cheklovlar bekor qilinishi kerak. Markaziy Osiyoda aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda savdo muhim o‘rin tutishda davom etishi kerak.

Ikkinchi vazifa – Koronavirusdan keyin sezilarli darajada kamroq budjetga ega vaziyatda qishloq xo‘jaligi subsidiyadalari sektorni uzoq muddatda rivojlantirish dasturlarini siqib chiqargani yo‘q. Ancha cheklangan budjet ishlab chiqaruvchini to‘g‘ridan to‘g‘ri subsidiyalashga emas, raqobatni oshirish, bozor sanitar va fitosanitar infratuzimasi, ilm-fan va fermerlar va fermer xo‘jaliklariga informatsion va maslahat berishga mo‘ljallangan umumiy xarakterga ega dasturlarga ajratilishi samaraliroq bo‘ladi.

Uchinchi vazifa – oziq-ovqat mahsulotlarining davlat zaxiralarini boshqarishni takomillashtirish, jumladan ularni doimiy ravishda baholab borish va monitoringini yuritishga e'tibor qaratish. Davlat zaxirasi – favqulodda vaziyatlar davrida yaxshi instrument. Biroq u katta o‘lchamlarda shishirilsa, foydalanishning aniq qoidalari bo‘lmasa, jahon tajribasi bunday holatda katta muammolar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

To‘rtinchi vazifa – «Yagona salomatlik» konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun hayvonlar sog‘ilig‘i va veterinar xizmatlar uchun investitsiyalarni ko‘paytirish ham muhim.

Beshincha vazifa – agro oziq-ovqat sektorini raqamli transformatsiya qilishda ko‘maklashish. Inqiroz bu kabi raqamlashtirish ishlab chiqarish uchun ham, savdo va sektorni boshqarish uchun ham muhim ekanini ko‘rsatdi.

Mazkur masalalarning ko‘pchiligi bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik muhim.

Raqamlashtirish bo‘yicha Xitoyning tajribasini qo‘llash qiziq bo‘lardi. U yerda mazkur sohada ko‘plab innovatsiyalar qo‘llanilmoqda. Ular koronavirus pandemiyasi vaqtida mamlakatga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi, deydi iqtisodchi Sergiy Zorya.

Top