07:51 / 02.06.2020
2130
Mexiko metrosida koronavirus tarqalishi oldini olish uchun gaplashmaslik iltimos qilindi

Meksika poytaxti metrosi rahbariyati yo‘lovchilar orasida koronavirus tarqalishi oldini olish uchun ulardan metroda gaplashmaslikni iltimos qildi.

Foto: Mixail Tereshchenko/TASS

Mahalliy mutaxassislarning fikricha, shunday yo‘l bilan virusning odamlar orasida tarqalishini kamaytirish mumkin.

“Zararlanishni jimgina bartaraf etamiz” kampaniyasi” gaplashish vaqtida ajraladigan zarralar hajmini kamaytirishni maqsad qilgan. Bu zarralar yopiq joylarda virusdan zararlanish omili bo‘lishi mumkin”, deyilgan metro rahbariyatining Twitter’dagi murojaatida.  

Mexiko Shimoliy Amerikaning koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan megapolislaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, Meksikada pandemiya boshidan beri 90 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 9930 nafari vafot etgan. 1 iyundan mamlakatda avval kiritilgan cheklovlar bekor qilindi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top