20:28 / 02.06.2020
6328
OAV: AQSh gubernatorlari namoyishlarni bostirish uchun qo‘shinlarni jalb etishga qarshi chiqdi

Tramp politsiyaning shafqatsiz harakatlaridan so‘ng boshlangan tartibsizliklar munosabati bilan fuqarolarga qilgan murojaatida AQSh federal hukumati tartibsizliklarga qarshi milliy qurolli kuchlardan foydalanishga tayyorligini bildirgandi.

Amerikadagi qator shtatlarning demokrat gubernatorlari prezident Donald Trampning mamlakatdagi tartibsizliklarni bostirishda qo‘shinlarni jalb etish haqidagi taklifini tanqid qildi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi xabar bermoqda.

Illinoys shtati gubernatori Jyey Robert Pritskerning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam zo‘ravonlikning o‘sishiga sabab bo‘ladi.  

O‘z navbatida Vashington shtati gubernatori Jyey Insli Trampning nutqidan so‘ng "prezident davlatni boshqarish masalalarida layoqatsizligini isbotlagani"ni aytdi. 

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo ham tartibsizliklarni bostirish uchun harbiylarni jalb etish maqsadga muvofiq emasligini ta'kidladi.

Tramp politsiyaning shafqatsiz harakatlaridan so‘ng boshlangan tartibsizliklar munosabati bilan fuqarolarga qilgan murojaatida AQSh federal hukumati tartibsizliklarga qarshi milliy qurolli kuchlardan foydalanishga tayyorligini bildirgandi.

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinenining aniqlik kiritishicha, hozirda tartibsizliklarni bostirish uchun 24ta shtatda milliy gvardiyaning 17 ming askari safarbar qilingan.

Top