23:06 / 02.06.2020
15634
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3760taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 10 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 2 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3760 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa karantin markazidagi (Qozog‘iston Respublikasi orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun 58ta yangi zararlanish holati qayd etildi, Toshkent va Navoiyda jami 49 bemor tuzaldi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2908 nafarga (78 foiz) yetdi.

Hozirda shifoxonalarda jami 837 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top