10:00 / 02.06.2020
35568
Toshkentning Yashnobod tumanida aholi orasida yangi holatlar qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 16 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 2 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3718 nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari karantin markazidagi (barchasi Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi aholi orasida, qolgan 2 nafari Namangan va Toshkent viloyatlariga xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

1 iyun kuni 79ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 22 bemor tuzalib, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2859 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top