17:07 / 03.06.2020
45845
Andijonda yangi kasallanish holati aniqlandi, O‘zbekistondagi holatlar soni 3800dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 46 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 3 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3815 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha 55ta yangi zararlanish holati qayd etildi, respublikaning 4 hududidagi shifoxonalarda jami 106 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 3014 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 786 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top