13:33 / 03.06.2020
21917

Bekoboddagi postda SEOM xodimlarini haqorat qilgan shaxslar 15 sutkaga qamaldi 

Ushbu voqea 2 iyun kuni sodir etilgan.

Bekobod shahridagi blokpostda "Lasetti" haydovchisi va yo‘lovchisi xizmat vazifasini bajarayotgan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlarini haqorat qilgani xabar berilgandi.

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining matbuot kotibi - axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganovning xabar qilishicha, ushbu voqea 2 iyun kuni sodir etilgan.

Bildirilishicha, Bekobod shahrida SEOM xodimlarini kamsitib, haqoratlagan shaxslarga shu kunning o‘zida qonuniy chora ko‘rilgan.
  
Ushbu voqea ishtirokchilari S.T. va S.T.ga nisbatan Bekobod shahar ma'muriy sudi tomonidan ayb e'lon qilinib, 15 sutkalik ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top