18:29 / 03.06.2020
7308
Bolajonlar yordamingizni kutmoqda: Oqqonga chalingan bemorlar ziyorati

 Doimiy an'anaga muvofiq, Kun.uz sayti Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot markazida davolanayotgan og‘ir bemorlar bilan bog‘liq xayriya aksiyalarini davom ettiradi. Bu oilalarning, murg‘ak go‘daklarning taqdiri o‘xshash: to‘satdan paydo bo‘lgan va esankiratib qo‘ygan og‘ir dard, shifokorlar, yaqinlari yoqqan va miltirab turgan umid chirog‘i, har kunlik og‘ir kurashlar, qimmatbaho dorilarni muntazam topish, buyoqda siqib kelayotgan tirikchilik tashvishlari...

Bugun ham e'tiboringizga ana shunday bemorlarning to‘rt nafarini havola qilamiz va har bir yordamingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.

Dastlabki bemor bolajon 5 yoshli Ruslan Gulmatov. Poytaxtga Xorazm viloyati Gurlan tumanidan kelib davolanmoqda. Uch farzandning biri bo‘lgan Ruslanbekning ota-onasi oddiy insonlar, daromadlari ham haminqadar. Kutilmaganda paydo bo‘lgan oqqon kasalligi birinchi bosqichdayoq oilani holdan toydirib qo‘ygan. Hozir ikkinchi bosqichni o‘tkazishmoqda va taxminiy xarajatlar 30-40 mln so‘mdan ortib ketadi. Ruslanbek buvisi bilan poytaxtda davo ilinjida yuribdi, otasi esa ularga pul yetkazib berish harakatida. Oila yaxshilar ko‘magiga juda muhtoj.

Ruslanbek Gulmatovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0609 0650 0179

(Xalq banki, xolasi Shermetova Malika nomida)

Viza: 4790912210678183 (amakisi Oybek Boltaboyev nomida)

Telefon: +998941103488 (buvisi)

* * *

Ikkinchi bemorimiz Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan kelib davolanayotgan 4 yoshli Ayaulim Baurjanova. Joriy yilning mart oyida leykoz kasalligining og‘ir turi aniqlangan Ayaulim qizgina 25 may – tug‘ilgan kunini ham ignalar ostida, og‘ir kasallik bilan olishib o‘tkazdi. Yosh oilaning murg‘ak bolajoni hali hayotga to‘ymagan, yelkasiga tushgan sinovni ham anglab yetmagan. Lekin og‘riqlardan, ota-onasining iztiroblaridan bola ham tez tushkunlikka tushib qoladi. Qizaloq ham, otasi Janibek ham yordam qo‘lini cho‘zgan har bir insonni duo qilib o‘tishadi.

Ayaulim Baurjanovaga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami: 8600 0423 6975 2687

(Agrobank, otasi Turmanov Janibek nomida)

Telefon: +998999853487 (otasi)

* * *

Umid bilan yashayotgan navbatdagi bolajon – buxorolik Nozimjon Ne'matov. Olti oydirki Obidovlar xonadonining tinchi yo‘qolgan. 10 yoshli Nozimjon leykozning og‘ir turi bilan kurashib kelmoqda. Uning otasi Nodirbek Obidov bor-budini sarflab, qarzga ko‘tarishga ham ulgurgan. Nozimjon va onasi shifoxonada, otasi Buxorodan turib saxovatli insonlar ko‘magiga tayanishdan boshqa ilojlari qolmagan.

Nozimjon Ne'matovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami, Uzkard: 8600 0423 6830 2179

(Agrobank, otasi Nodirbek Obidov nomida)

Humo: 9860 0301 1259 2206 (onasi Xoliqova Zarina nomida)

Viza: 4187 8000 3040 0618 (onasi Xoliqova Zarina nomida)

Telefon: +998907126649 (otasi), +998912466649 (onasi)

* * *

Saxovatli insonlar ko‘magini kutayotgan so‘nggi bemor Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan kelgan Javohir Mahmudov. Ayni shu kunlarda 13 yoshni qoralayotgan Javohir ikkinchi kurs muolajalarini o‘tamoqda. Oila vakillari bu kasallikka qadar ham qo‘li qisqa insonlar bo‘lishgan. Otasi Mag‘rubjon Marajapovning aytishicha, birinchi kursning o‘zidayoq bor-budini sarflab, uyidagi jihozlarini ham sotib yuborishgan. Qarindosh urug‘larning berganlari tugab, qarzlari tobora ko‘payib borayotgan Mag‘rubjon aka saxiy insonlarning ko‘magidan nihoyatda umidvor.

Javohir Mahmudovga oid ma'lumotlar:

Plastik karta raqami, Uzkard: 8600 0604 3382 2146 

(Xalq banki, akasi Farhodjon Mahmudov nomida)

Telefon: +998993649628 (otasi

Saxovatli yurtdoshlar! Xayriya aksiyalarimiz Sizlarning yordamingizsiz har qanday mazmun-mohiyatini yo‘qotadi. Siz berayotgan mablag‘ oz yoki ko‘pligining ahamiyati yo‘q, bu bemorlar uchun har bir so‘m qadrli. Ko‘pning bergani ko‘l bo‘ladi, demak biz birgalikda bugungi maqolamiz qahramonlarining ham og‘irini yengil qilishga qodirmiz.

 Abror Zohidov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top