23:59 / 03.06.2020
30749
Bugun 6 hududda yangi holatlar aniqlandi, Toshkent viloyatida aholi orasida bitta holat qayd etildi

3 iyun kuni O‘zbekistonda jami 83ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 106 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 3014 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 837 bemor davolanmoqda.

Bugun yangi holatlar 6 hududda - Andijon (+1), Navoiy (+15), Samarqand (+1), Sirdaryo (+2), Toshkent viloyati va Toshkent shahrida (+64) aniqlandi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

83ta yangi zararlanish holatidan faqat 1tasi aholi orasida qayd etilgan, 8ta holat xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, shuningdek, karantin muassasalaridagi 74 kishida kasallik aniqlangan.

Aholi orasidagi yagona holat Toshkent viloyatida qayd etilgan.

Karantinda
Sirdaryo viloyatida kasallikka chalinganlar bilan muloqot qilgani uchun karantinga olingan 1 kishida virus chiqqan, shuningdek, Navoiy viloyatida karantinda bo‘lganlarning 15 nafar, Toshkentda xorijdan olib kelinib karantin markaziga joylashtirilgan bo‘lgan 54 kishi, Samarqandda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 1 kishi, Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgani uchun karantinga olingan 2 kishi va Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan 1 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Haydovchilar
Xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari bilan bog‘liq holatlarning 6tasi Toshkent viloyatida, 1tasi Sirdaryo viloyatida, yana bittasi Andijon viloyatida qayd etilgan.

Tuzalganlar
Bugun Navoiy viloyatida 42 nafar bemor tuzaldi. Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun ayni vaqtda Navoiyda bo‘lib turgan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Valiyevich Alimov boshchiligidagi maxsus guruh ushbu viloyatda so‘nggi 2 kunda 84 bemor tuzalib chiqishiga erishdi.

Bugun shuningdek, Toshkent shahrida 43 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar, Namangan viloyatida 4 nafar bemor tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi. Bugun jami 106 nafar bemorga javob berildi.

Shuningdek, Toshkent shahrida 2 iyun kuni og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan 72 yoshli bemor 3 iyun kuni vafot etdi va O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 16 nafarga yetdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3843 nafar bemordan 3014 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda. 
 
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 813 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top