20:38 / 03.06.2020
3490

Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 50dan ko‘proq kishi jabrlandi

Hindistonning Gujarot shtatida pestitsidlar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash yuz berishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 57 kishi jabrlandi.

Ayni vaqtda voqea sabablari noma'lum, deb xabar berdi The Times of India nashri. Mahalliy ma'muriyatda ta'kidlanishicha, zavod omborida soat 12larda yong‘in boshlagan. Voqea joyiga 15 ta o‘t o‘chirish mashinasi yo‘l olgan. Yaqin orada joylashgan ikki qishloqning 4,8 mingga yaqin aholisi ehtiyot chorasi sifatida evakutsiya qilingan.

Ta'kidlanishicha, portlash sababli vodorod, oltingugurt dioksidi va boshqa kimyoviy moddalar saqlanuvchi ombor xavf ostida qolgan. Bundan tashqari, organik uglerodning atrof-muhitga tarqalishi sodir bo‘lgan, biroq ayni vaqtda vaziyat nazorat ostiga olingan. 

Nashrning ma'lum qilishicha, zavoddagi portlash 20 km uzoqlikdan eshitilgan.

Top