11:58 / 03.06.2020
6775
Namanganda 5 bemor qoldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan va Samarqandda 11 bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 2919 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Foto: Rahmonjon Mamadaliyev

Namangan viloyatida 4 nafar, Samarqand viloyatida esa 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Namanganda shu vaqtgacha kasallik qayd etilgan 260 kishidan 4 nafari vafot etgan, 251 nafari tuzalgan. Endilikda shifoxonada 5 nafar qolmoqda va ushbu viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga yaqinlashdi.

Samarqand viloyatida esa jami kasallik aniqlanganlar 363 nafar bo‘lib, shu vaqtgacha sog‘ayganlar soni 299 nafarga yetgan, 2 bemor vafot etgan. Ayni paytda davolanayotganlar soni 62 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni 2919 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda shifoxonalarda 835 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top