18:39 / 03.06.2020
7688
Shvetsiyaning bosh epidemiologi karantindan voz kechish xato bo‘lganini tan oldi

Shvetsiya Yevroittifoq mamlakatlari ichida o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimini joriy etmagan va maktab hamda jamoat maskanlarini yopmagan yagona davlat bo‘ldi. 

Foto: Getty Images

Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell o‘zi taklif qilgan karantindan voz kechish strategiyasi ko‘plab o‘limlarga sabab bo‘lganini ilk marta tan oldi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda

«Agarda bu kasallik bilan bugungi bilimlarimizga ega bo‘lgan holda to‘qnashganimizda, biz Shvetsiya va dunyoning boshqa mamlakatlari tanlagan usul orasini tanlagan bo‘lardik», — dedi Tegnell.

«Shved demokratlari» partiyasi raisi Jimmi Akesson epidemiologning fikri o‘zgarganini «g‘aroyib» deb atadi. 

«Bir necha oy davomida barcha tanqidlar bostirildi. Shvetsiya hammasini to‘g‘ri qilyapti, butun dunyo noto‘g‘ri qilyapti. Endi esa bunday deyapti», — deb yozdi u Twitter sahifasida.

Shvetsiya Yevroittifoq mamlakatlari ichida o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish rejimini joriy etmagan va maktab hamda jamoat maskanlarini yopmagan yagona davlat bo‘ldi. 

Milliy strategiyaga ko‘ra, qancha ko‘p odam kasallikka chalinsa, aholida koronavirusga shuncha tez immunitet hosil bo‘ladi. Ushbu strategiyaning muallifi esa Tegnell bo‘lgandi.

Jons Hopkins universitetining ma'lumotlariga ko‘ra, Shvetsiyada 38589 kishi kasallikka chalingan, 4468 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top