17:44 / 03.06.2020
19641

Toshkentda 7ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

2 iyun kuni «Ganga» avtomobil ko‘prigida «Cobalt» avtomobili keskin to‘xtagani sababli bir yo‘nalishda harakatlangan 7ta avtomobil to‘qnashgan. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 7ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

«Ganga» avtomobil ko‘prigida sodir bo‘lgan to‘qnashuvi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi», deyiladi boshqarma axborot xizmati xabarida.

Unga ko‘ra, 2 iyun kuni soat 19:00larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi «Ganga» avtomobil ko‘prigida aniqlanmagan «Cobalt» avtomobili keskin to‘xtagani sababli 7 ta bir yo‘nalishda harakatlangan avtomobillar masofa saqlamaganliklari tufayli to‘qnashdilar.

Bunda, quyidagi avtomobil transportlari YTHda ishtirok etgani ma'lum bo‘ldi:

  1. 38 yoshli O. N. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
  2. 28 yoshli A. M. Boshqargan Spark avtomobili;
  3. 24 yoshli Sh. boshqaruvidagi Nexia avtomobili;
  4. 43 yoshli Turkiya fuqarosi B.T. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
  5. 34 yoshli Z. M. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;
  6. 25 yoshli S. E. boshqargan Toyota avtomobili;
  7. 29 yoshli S.T. boshqargan Malibu avtomobili.

Ma'lum qilinishicha, YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Mavzuga oid
Top