09:23 / 03.06.2020
4995

Yuqori Chirchiqda fuqaro qariyb 1,5 kilogramm nasha bilan qo‘lga tushdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yil 22 may kuni soat 14:30da Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan Gulbog‘ mahallasi hududida Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 35 yoshli Ye.A. maqsadsiz yurganligi va o‘zini shubhali tutganligi sababli tezkor suhbat o‘tkazilib xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shunda u qo‘lida bo‘lgan qora rangli polimer paketga o‘ralgan yashil rangli, o‘tkir hidli “nasha”ga o‘xshash o‘simlik barglarini o‘zi bilan olib yurganligi aniqlanib, mazkur o‘simlik barglari xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro Ye.A.dan olingan polimer paket ichidagi o‘simlik moddasi ho‘l “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi va uning sof og‘irligi 1.407 grammni tashkil qilishi aniqlangan.

Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top