15:39 / 04.06.2020
6245

Myuller Messi va Ronaldudan ham samaraliroq futbolchini aytdi

Foto: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchisi Tomas Myuller qaysi yulduz futbolchi bilan bir klubda to‘p surishni istashi haqidagi savolga javob berdi.

«Ehtimol, faoliyatimning dastlabki yillarida Lionel Messi bilan o‘ynashni istagan bo‘lardim. Sababi, o‘shanda men ko‘proq hujumchi sifatida to‘p surardim. Hozirda esa maydonda gol urish emas, ko‘proq to‘p uzatish bilan shug‘ullanaman. Shu bois hozir Krishtianu Ronaldu singari goleador bilan birga to‘p surishim ko‘proq samarali bo‘lishi mumkin edi. Ammo bizda Robert Levandovski bor. O‘ylashimcha, u hozirda Ronaldudan ham yaxshiroq variant sanaladi.

Messi va Ronalduga qarshi maydonga tushganman. Yutgan vaqtim ham, yutqazgan o‘yinlarim ham bo‘lgan. Ularning ikkisi ham boshqa futbolchilarga o‘xshamaydigan o‘zgacha o‘yinchilardir», - deya Myullerning so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Top