13:44 / 04.06.2020
5415

SpaceX navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketasida Starlink internet tarmog‘ining bir qismi hisoblangan 60 ta kichik sun'iy yo‘ldoshni yer atrofidagi past orbitaga chiqardi. 

Foto: Reuters

Kompaniyada ta'kidlanishicha, shundan keyin orbitada joylashtirilgan bunday sun'iy yo‘ldoshlarning umumiy soni 480 taga yetdi. Kompaniya muhandislari sun'iy yo‘ldoshlar ishlashini tekshirgach, qurilmalar o‘z ion dvigatellarida 550 km balandlikdagi ishchi orbitaga chiqariladi

Bu Starlink loyihasi sun'iy yo‘ldoshlarining orbitaga 8-chiqarilishidir. Avvalgi 7-urinish 22 aprelda amalga oshirilgandi. Har urinishda orbitaga 60 tadan sun'iy yo‘ldosh chiqarilmoqda. SpaceX sayyoramiz aholisiga istalgan nuqtadan internetga kirishni ta'minlaydigan tarmoqni tashkil etish uchun orbitada 12 mingta sun'iy yo‘ldosh joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Falcon 9 raketasining startdan keyin ajralgan birinchi pog‘onasi Atlantika okeanidagi barjaga qo‘ndirilgan. Bu parvoz ushbu pog‘onaning 5-starti bo‘ldi. U birinchi marta 2018 yilda uchirilgan.

Mavzuga oid
Top