15:00 / 04.06.2020
5030

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti rektori: «Nufuz va sifat – top universitetlarning eng muhim aktivlari»

May oyida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkentda Britaniya menejment universiteti tashkil etildi.

Bu – mustaqil, nodavlat OTM bo‘lib, moliya sohasida jahon darajasidagi biznes yetakchilarini, xalqaro moliyaviy tahlil va audit bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlaydi.

Ta’lim Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa inglizzabon mamlakatlaridan taklif etilgan til egalari tomonidan to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

Universiteti rektori, professor Konrad Ozog abituriyentlarni qiziqtirayotgan qator masalalar yuzasidan intervyu berdi.

– Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti o‘zining ulkan rejalarida o‘zini Markaziy Osiyodagi oliy ta’limning yetakchilaridan biri sifatida ko‘radi. Professionallar va biznes rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha strategiyangiz qanday?

– Shubhasiz, chuqur bilim va professional ko‘nikmalar insonni muvaffaqiyatli qiladi. Ammo karerada o‘sish uchun qat’iyat va sobitqadamlik ham muhimdir. Shuning uchun bizning muvaffaqiyat formulamiz quyidagicha:

Ta’limdagi sifat = sobitqadam talabalar + xalqaro darajadagi o‘qituvchilar + talabgir bilim va ko‘nikmalar.

Buyuk Britaniyaning eng yaxshi universitetlaridan o‘rnak olgan holda talabalarga muvaffaqiyatli karera uchun poydevor qo‘yishda yordam beramiz. Mintaqadagi eng yaxshi ish beruvchilar bilan hamkorligimiz bitiruvchilarimizni dunyo miqyosida raqobatbardosh  xodimga aylantiradi.

– Sizningcha, Britaniya universitetlarining o‘ziga xos xususiyati nimada? Haqiqatan ham kuchli universitet boshqalaridan nimasi bilan ajralib turadi?

– Nufuz va sifat top universitetlarning muhim aktivlaridir, bu shunchaki bir ibora emas. Britaniya menejment universiteti uchun bular bir-birisiz mavjud bo‘lishmaydi. Yaxshi nufuzga ega bo‘lish har doim kuchli o‘qituvchilarni, quntli talabalarni jalb qiladi va yuqori sifatli o‘quv jarayonini kafolatlaydi.

Boshqa tomondan, har doim sifat darajasini ushlab turish istagi universitetning nufuzini oshiradi. Ikkalasiga ham ega bo‘lish qiyin, ammo ularni yo‘qotish oson.

– Mamlakatdagi ba’zi universitetlar kirish imtihonlari bekor qilinganini e’lon qildi. Nega BMU bunday qilmadi?

Universitetlar kirish imtihonlaridan ikkita asosiy maqsadda foydalanadilar:

1. Kerakli asosiy bilimlarga ega sobitqadam abituriyentlarni tanlab olish;

2. Talaba tahsil olishining individual trayektoriyasini yaratish.

Ba’zilar imtihonlarni bekor qilish abituriyentlarga yordam beradi, deb hisoblashadi. Aslida, o‘qishga kirishda nazoratning yo‘qligi kelajakda talabalarga zarar yetkazadi. Biz esa sifat darajasini tushirmoqchi emasmiz.

«Biz abituriyentlarga kirish jarayonida sifatni yo‘qotmagan holda yordam berishga tayyormiz». Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti rektori, professor Konrad Ozóg

– Karantin-chi, unda qanday yo‘l tutiladi? Ko‘pgina o‘quvchilarning IELTS imtihonlaridan o‘tishga va hatto o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat olishga ham imkoniyatlari bo‘lmadi. Ular nima qilishadi?

– Biz abituriyentlarga kirish jarayonida sifatni yo‘qotmagan holda yordam berishga tayyormiz.

Birinchidan, attestat keyinchalik taqdim etilishi mumkin.

Ikkinchidan, IELTS imtihonlarini topshira olmaganlar xalqaro ekspertlar tomonidan yaratilgan bizning BMU English Assessment`ni bepul topshiradilar. Ushbu test tizimi ingliz tilini bilish darajasini aniq va samarali aniqlashga imkon beradi.

Uchinchidan, barcha abituriyentlar ingliz tilida til egalari bilan suhbatdan o‘tadilar. Aynan shu yerda ularning har birida bizni o‘zlarining qat’iyatlariga ishontirish imkoniyati bo‘ladi.

– Suhbatimiz intihosida bugungi o‘quvchilarga universitet tanlashda qanday maslahat berasiz?

– Sizni har kuni bilim va ko‘nikmalar egallashga, tinimsiz mehnat qilishga, iste’dodlaringizni kashf etish va rivojlantirishga majbur qiladigan universitetga kirishdan qo‘rqmang. O‘sish – hech qachon oson bo‘lmagan, lekin ushbu mehnatgina sizning professional muvaffaqiyatingiz garovidir!

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Sayt: www.bmu-edu.uz

Instagram: bmu_edu

Telegram: BMUedubot

Facebook: bmueducation

E-mail: info@bmu-tashkent.org

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top