07:25 / 05.06.2020
8129

Braziliya koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa chiqdi

Braziliyada koronavirus bo‘yicha statistika o‘sib bormoqda. Lotin Amerikasi davlatida so‘nggi sutkada kasallanganlar soni 30925 nafarga, vafot etganlar soni 1473 nafarga ko‘paydi. 

Shu tariqa mamlakatda kasallanganlar umumiy soni 614941 nafarga, virus qurbonlari soni 34021 nafarga yetgan. Braziliya koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Italiyani ortda qoldirib, AQSh va Britaniyadan keyin dunyo bo‘yicha 3-o‘ringa chiqdi, kasallanganlar soni bo‘yicha esa AQShdan keyin 2-o‘rinda turibdi.

Shu bilan birga, virus keltirib chiqaradigan alomatlardan 255 ming braziliyalik sog‘ayib ketgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top