12:27 / 05.06.2020
44427
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi

Bugun O‘zbekiston hududidan bulut massivlari o‘tishi kutilmoqda, shu sababli tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamolning shiddati sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin, deb yozmoqda «O‘zgidromet».

Harorat foni 35-40 daraja atrofida bo‘ladi, mamlakat janubi va cho‘l zonasida ayrim joylarda 42 darajagacha bo‘lishi mumkin. Bunday harorat bugungi kun me'yoriy ko‘rsatkichlaridan 5-7 darajaga yuqoridir.

Dam olish kunlarida Qozog‘iston hududidan salqin havo kirib, issiq biroz chekinadi va nihoyat harorat ko‘rsatkichlari me'yorda - kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi kuchayishi, shiddati 17-22 m/s ga yetishi mumkin. 6 va 7 iyun kunlari mamlakatimizning tog‘li tumanlaridagina yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

Top