19:58 / 06.06.2020
16074
367 nafar o‘zbekistonlik Rossiya-Qozog‘iston chegarasidan o‘tib, vatanga yo‘l oldi

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 300ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘planganligi haqida ma'lum qilgandi.

Vatanga qaytish umidida Samara oblastida to‘plangan O‘zbekistonning uch yuzdan ortiq fuqarosi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi "Mashatkovo" nazorat-o‘tkazish punkti orqali Rossiyani tark etdi. Bu haqda O‘zbeklar va o‘zbekistonliklarning butunrossiya kongressi hududiy bo‘linmasi rahbari Dilyara Sobirova ma'lum qildi.  

"Chegaradan o‘tish ertalab boshlangan, hozirda o‘zbekistonlik barcha 367 nafar fuqaro Rossiyani tark etdi. Ular Rossiya-Qozog‘iston chegarasidan o‘tishdi. Qozog‘iston hududida O‘zbekiston hukumati ijaraga olgan avtobuslarga o‘tirib, vatanga yo‘l oldi", - dedi u.

Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 300ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘planganligi haqida ma'lum qilgandi.  

TIV xabarida bildirilishicha, mazkur masala mamlakatning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilayotgandi.

Top