09:00 / 06.06.2020
15282
Endi uyda ham foydali smuzi, kokteyl va yangi taomlar tayyorlash mumkin!
Foto: Shivaki

Biz ovqat yeyish uchun yashamaymiz, aksincha, yashash uchun ovqat tanovul qilamiz. Sog‘lom yashash uchun esa to‘g‘ri ovqatlanish juda ham muhim. Hozirgi vaqtda uy bekalari o‘z mahoratlarini ishga solgan holda turli xildagi mazali taomlarni tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar orqali yangidan-yangi retseptlarni ulashishmoqda.

Yoz mavsumi – shirin mevalar pishadigan, turli xil sharbatlar, ichimliklar tayyorlanadigan davrdir. Ayniqsa, kafe va restoranlarda tayyorlanadigan mevali smuzilar, kokteyllar nafaqat kattalar, balki jajji bolalarga ham birdek yoqadi. Ularni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin. Bunda Sizga SHIVAKI brendi ostidagi SH-BL-818 blenderi yordam beradi.

Foydali vitaminlarga boy bo‘lgan kokteyllar, sharbatlar inson organizmi uchun ham zarur bo‘lib, Siz SH-BL-818 blenderining birgina tugmasini bosish yordamida ortiqcha urinishlarsiz mazali taom va ichimliklarni bir zumda tayyorlashingiz mumkin. Statsionar blender SH-BL-818 kuchli motor, o‘tkir tig‘, zanglamaydigan po‘lat va 1800 ml. hajmdagi shisha stakanga ega.Shovqinsiz ishlaydi – ajoyib natijani beradi!

SH-BL-818 blenderi yordamida turfa turdagi taomlarni tayyorlash imkoni mavjud. Blender quyidagi oshxona vazifalarini bajaradi:

smuzi, souslar, yong‘oqli sut,meva va sabzavotli pyure, yogurtlar, shuningdek,bolalar va parhez uchun taomlar tayyorlash

●kokteyllarni aralashtirish;

● sabzavotlar, mevalar, yong‘oqlar, qahva va boshqa qattiq mahsulotlarni maydalash;

● suyuq hamir qorishmasi;

●muss va pashtetlar;

● shirinliklar tayyorlash uchun turli qorishmalar, tuxum oqini ko‘pirtirish; 

●suyuq hamir va tuxum qorishmasi;

●muzlarni parchalash va h.k.

Blender mahsulot ta'mi va sifatiga ziyon yetkazmaydi. Ushbu maishiy texnika turli yoshdagi insonlar uchun taomlar tayyorlashga mos keladi. Uning yordamida bolajonlarga meva-sabzavotli pyurelar, kattalar uchun muzdek smuzi yoki mevali kokteyllar hamda qattiq mahsulotlarni tishlashga qiynaluvchi qariyalarimiz uchun yumshoq ovqatlar tayyorlash mumkin.

Uy sharoitida oddiy, biroq ta'mi barchaga birdek yoquvchi kokteyl tayyorlaymiz!

Masalliqlar:

• banan – 1 dona.

• muzqaymoq – 100 ml.

• kakao – 2 choy qoshiq.

• vanil shakari – 0,5 choy qoshiq

• sut – 300 ml.

Tayyorlash:

• bananni to‘g‘rab solish;

• barcha masalliqlarni solib, blenderda aralashtirish;

• idishlarga solish va tortiq etish.

Yana bir yengil, ixcham mobil blender - SH-BL-2045 bilan tanishing: blenderni istalgan idishda ishlatish mumkin. Shuningdek, uning tarkibida venchik (ko‘pirtirgich) ham mavjud bo‘lib, endi tort va shirinliklar uchun kremlarni ham bemalol tayyorlash imkoni mavjud. Hajmi ham qulay bo‘lib, oshxonada katta joy egallamaydi. Sifatli blender o‘zida birdaniga uchta qurilmani birlashtirgan: maydalagich, venchik, go‘sht qiymalagich.

Uy bekalari uchun yana bir qulaylik: SH-BL-2045 blenderi stakanida mahsulotlar qiymatini o‘lchash ham oson.

Mustahkam po‘lat tig‘li blender go‘shtni qiymaga aylantirishi, muzni parchalashi va yong‘oq, yormalarni ham maydalashi mumkin.

Biz Sizga tanishtirgan blenderlar orqali nafaqat shirin ichimliklar, balki yangi taomlar, qo‘ziqorinli souslar, shifobaxsh yeguliklar tayyorlashingiz ham mumkin. Bu endi oshpazlik mahoratingiz hamda fantaziyangizga bog‘liq.

SH-BL-818 blenderi va SH-BL-2045 mobil blenderi narxi hamyonbopligi bilan ham Sizni xursand qilishi aniq. Blenderlar yaqinlaringiz uchun kerakli sovg‘a, uy bekalari uchun esa foydali yordamchiga aylanishiga shubhamiz yo‘q.

Reklama huquqi asosida

Top