09:05 / 06.06.2020
25673

O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi qayd etildi

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 234 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, 2020 yil 6 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:04da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yer silkinishi sodir bo‘ldi

Yer silkinishi koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 72,02 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 10 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 234 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

Namangan: 40 km, 2 ball;
Andijon: 59 km, 2 ball.

Mavzuga oid
Top