15:23 / 06.06.2020
50901
Prezident Toshloq tumani hokimini ishdan oldi

Toshloq tumani hokimi Shuhratjon Abdusalomov ishdan olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ma'lum qilindi.

Toshloq tumani soliq boshqarmasi boshlig‘i ham ishdan ketgan.

«Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig‘ini vazifasidan ozod etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

3 iyun kuni prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilangandi.

Ma'lumot uchun, Shuhratjon Abdusalomov 2018 yil martidan buyon Toshloq tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. 

Top