15:56 / 06.06.2020
7876

Tanqidga munosabat: Urgut-Bulung‘ur yo‘lini asfaltlash boshlandi

2019 yil 9 dekabrda Kun.uz'da «Urgut yo‘lsozlaridan «innovatsion g‘oya»: respublika ahamiyatidagi yo‘lni shag‘al bilan ham ta'mirlash mumkin», nomli maqola e'lon qilingan va unda respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan Urgut-Bulung‘ur avtomobil yo‘lining Urgut tumani Ispanza qishlog‘idan o‘tgan qismi abgor ahvoldaligi hikoya qilingandi.

Maqolaga munosabat bildirgan Samarqand viloyat avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi Urgut-Bulung‘ur 4R yo‘lini ta'mirlash 2020 yilgi rejaga kiritilishini ma'lum qilgandi.

Shu kunlarda Urgut-Bulung‘ur yo‘lining aynan Kun.uz'da tanqid qilingan Ispanza qishlog‘idan o‘tgan qismida ta'mirlash ishlari boshlangan. Yo‘lning ushbu uchastkasida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

«Urgut-Bulung‘ur 4R respublika ahamiyatidagi yo‘l hisoblanadi. Bugun ushbu yo‘lning 36-53 kilometrlari oralig‘ida ta'mirlash ishlarini boshlab yubordik. Bu uchun Moliya vazirligi qoshidagi yo‘l jamg‘armasidan 1,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Joriy yil ikkinchi chorakning yakunigacha o‘zimizga belgilangan barcha ta'mirlash ishlarini yakunlaymiz», deydi Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Eshmahmad Obloyorov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Mavzuga oid
Top