20:38 / 06.06.2020
5424

Toshkentda yana 21 bemor koronavirusdan sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida 21 bemor tuzalib, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3268 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Tuzalganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 72, eng yoshi kichigi esa 10 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, 9 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqand viloyatidan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar sog‘ayganlar soni 1374 nafar tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1395 nafarga yetib, davolanayotganlar soni 563 nafarni tashkil etmoqda. 

Shunday qilib, bugun 21 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3268 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, bugun koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etib, jami o‘lim holatlari soni 17taga yetdi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 4064tani tashkil qilmoqda. 

Hozirda mamlakatning yetti hududidagi tibbiyot muassasalarida jami 779 nafar bemor davolanmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top