17:11 / 06.06.2020
61602

Xorazm yana koronavirusli hudud: aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 42 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Namangan va Xorazm viloyatlarida aholi orasida kasallanish holatlari qayd etilgan.

«2020 yil 6 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4064 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 2 nafar Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Toshkent shahrida va yana 3 nafari esa Xorazm viloyatida aholi orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Shu vaqtgacha 3247 bemor sog‘aygan sog‘aygan. Shifoxonalarda 801 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatida mart oyidan buyon 233ta kasallanish holati qayd etilgan, 26 may kuni bemorlarning so‘nggi guruhi tuzalib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi.

Keyinroq 4 iyun kuni Xorazmda birato‘la 14 kishida virus aniqlangani haqida xabarlar tarqalgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma'lumotga izoh berib, kasallanish holatlari tasdiqlanishi uchun yana tekshiruvlar o‘tkazilishi kerakligini ma'lum qilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top