21:14 / 06.06.2020
63959

O‘zbekiston 4ta davlatdan yana 20ta charter reys amalga oshiradi

Kelayotgan haftada Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi va BAAdagi o‘zbekistonliklar Toshkentga olib kelinadi.

Yaqin ikki hafta davomida xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun yana 20ta charter reysni amalga oshiradi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, reyslar 8-21 iyun kunlari tashkil etiladi.

Reyslar jadvali quyidagicha:

8-14 iyun

8 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent

9 iyun. Toshkent — Seul — Toshkent

9 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent

11 iyun. Toshkent — Novosibirsk — Toshkent

12 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent

12 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent

13 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent

14 iyun. Toshkent — Dubay — Toshkent

Ushbu haftada Rimga ham reys qo‘yilishi kutilmoqda, bu haqda keyinroq e'lon qilinadi.

 

15−21 iyun

15 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent

15 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent

16 iyun. Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent

16 iyun. Toshkent — Dubay — Toshkent

17 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent

19 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent

19 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent

19 iyun. Toshkent — Istanbul — Toshkent

20 iyun. Toshkent — Qozon — Toshkent

21 iyun. Toshkent — Moskva — Toshkent

21 iyun. Toshkent — Yekaterinburg — Toshkent

26 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 10 mingdan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarilishi, 100 mingdan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top