09:40 / 06.06.2020
5569
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Ipoteka bank «O‘zbekistondagi eng faol emitent bank» deb topildi

2020 yil 4 iyun kuni Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) Savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish dasturi (TFP – Trade Facilitation Programme) doirasidagi nufuzli an'anaviy mukofot g‘oliblarini e'lon qildi.

2020 yil 4 iyun kuni Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) Savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish dasturi (TFP – Trade Facilitation Programme) doirasidagi nufuzli an'anaviy mukofot g‘oliblarini e'lon qildi. «Ipoteka-bank» ATIB – O‘zbekistondagi eng faol emitent bank nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mazkur mukofot bilan YeTTB Ipoteka-bankning xalqaro savdoni moliyalashtirishdagi alohida yutuqlarini e'tirof etadi va savdo-sotiqni moliyalashtirish sohasida bank faolligini alohida ta'kidlab, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yuqori baholaydi.,

 

«Ipoteka-bank» ATIB nisbatan qisqa vaqt ichida o‘z mijozlariga ko‘plab imkoniyatlar taqdim etgan holda, savdoni moliyalashtirish sohasida O‘zbekiston bozorida yetakchi o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

«Ipoteka-bank» ATIB savdoni moliyalashtirish tadbirkorlikning iqtisodiy o‘sishiga muhim hissa qo‘shishini inobatga olgan holda, bu yo‘nalishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Ushbu sohani rivojlantirish, ayniqsa ushbu og‘ir davrda, mamlakat ishbilarmon qatlamlari uchun juda muhim bo‘lib, savdoni moliyalashtirishda qo‘llaniladigan vositalar xo‘jalik sub'yektlari, ya'ni bank mijozlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda samarali yechimlarni taklif qila oladi.

2019 yil «Ipoteka-bank» ATIB uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ldi va bir qator yirik loyihalar amalga oshirilganligi bilan yodda qoldi.

2020 yilda «Ipoteka-bank» ATIB savdoni moliyalashtirishga qo‘shimcha oshirilgan limit doirasida o‘z mijozlarining yanada ko‘proq loyihalarini amalga oshirishi va bu sohada O‘zbekiston bozorida yetakchi mavqeini saqlab qolishi uchun barcha imkoniyatlarga ega.

2020 yilgi TFP mukofotining 30ta nominatsiyasida dunyoning 27 mamlakatidan kredit-moliya muassasalar ko‘rsatildi. Mazkur mukofot 2019 yil davomida YeTTBning moliyalashtirish xizmatlarini eng faol taqdim etgan muvaffaqiyatli emitent va tasdiqlovchi banklarga taqdim etildi.

TFP mukofotlari e'lon qilinish vaqtida, YeTTBning moliyaviy institutlar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Fransis Malij «Savdoni moliyalashtirish – YeTTB ishtirok etadigan barcha mintaqalarda iqtisodiy taraqqiyot va o‘sish sur'atlarining kalitidir. Bizning hamkor banklarimiz moliyaviy mablag‘lar va ko‘mak taqdim etish orqali kompaniyalarga yangi bozorlarni aniqlash, o‘rganish va zabt etish uchun imkon yaratib, ushbu maqsadga erishishga yordam beradi. An'anviy TFP mukofotlarimiz orqali biz 27ta davlatdagi amaliy ta'sir ko‘rsatadigan va xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash uchun YeTTBning moliyaviy mahsulotlarini ijodiy yondashgan holda qo‘llaydigan hamkor banklarimizning yutuqlarini g‘urur bilan e'tirof etamiz», deb ta'kidladi.

TFP mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2020 yil may oyida Londonda YeTTBning yillik yig‘ilishi va biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi.

«Ipoteka-bank» ATIB – O‘zbekistonning yirik banklaridan biri hisoblanadi. U mamlakatning barcha hududlarida keng faoliyat yurituvchi va zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi yirik banklardan biri sanaladi. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doim bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan. Hozirgi kunda butun dunyo bo‘yicha 30dan ortiq moliya institutlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunday hamkorlik natijasida bank o‘z mijozlariga savdoni moliyalashtirish sohasida to‘liq xizmatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega.

YeTTBning savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish dasturi (TFP) 1999 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u YeTTB sarmoya kiritadigan mamlakatlar o‘rtasida tashqi savdoni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur doirasida YeTTB xalqaro tasdiqlovchi banklarga kafolatlar hamda keyinchalik eksport va import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mahalliy korxonalar va distribyuterlarga kredit berish uchun ayrim banklar va faktoring kompaniyalariga qisqa muddatli kreditlar taqdim etadi. Ayni paytda TFP umumiy miqdori 5 mlrd yevrodan oshadigan limit bilan 30ta davlatda 120ta emitent banklarni hamda butun dunyo bo‘yicha 800dan ziyod tasdiqlovchi banklarni o‘z ichiga olgan.

«Ipoteka-bank» ATIB Matbuot xizmati

Top