00:18 / 07.06.2020
4888

OPeK+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani iyul oxirigacha uzaytirdi

Mart oyi boshlarida OPeK ishtirokchilari va uning hamkorlari Venadagi uchrashuvda neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelisha olmagandi. Bu esa neftning keyingi 18 yildagi eng past narxga tushib ketishiga olib keldi.

Foto: Global Look Press/Daniel Radicevic/imagebroker

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) va uning hamkorlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishga  kelishib oldi. 

Sutkasiga 9,7 million barrelga qisqartirish to‘g‘risidagi mavjud shartnoma iyul oxirigacha o‘z kuchida qoladi, deb ma'lum qildi Birlashgan Arab Amirliklari energetika va sanoat vaziri Suhayl al-Mazruiy o‘zining Twitter sahifasida. 

U mazkur kelishuvni "jasurona qaror" va "kelishuvning barcha ishtirokchilari olqishiga sazovor bo‘ladigan jamoaviy harakat" deb atadi hamda Saudiya Arabistoni va Rossiyadagi hamkasblariga alohida minnatdorlik bildirdi.

Mart oyi boshlarida OPeK ishtirokchilari va uning hamkorlari Venadagi uchrashuvda neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelisha olmagandi. Bu esa neftning keyingi 18 yildagi eng past narxga tushib ketishiga olib keldi. Uning narxiga COVID-19 pandemiyasi ham ta'sir ko‘rsatdi.

Ammo aprelda OPeK+ mamlakatlari may va iyun oylarida neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi

Mavzuga oid
Top