01:51 / 07.06.2020
33161

Telegram faoliyatida dunyo bo‘ylab uzilishlar ro‘y berdi

Foto: KUN.UZ

7 iyun kuni (Toshkent vaqti bilan 1:05) Telegram messenjerida keng ko‘lamli uzilish ro‘y berdi. Bu haqda Downdetector servisi ma'lum qilmoqda. 

Servis bergan ma'lumotga ko‘ra, nosozliklar dunyo bo‘ylab kuzatilmoqda, ayniqsa Rossiya va Yevropada. 

Messenjerdagi uzilishlar Toshkent vaqti bilan taxminan 1:05 dan boshlangan. Foydalanuvchilarning asosiy qismi messenjerga ulana olmayotgan bo‘lsa, ba'zilarda xabarni yuborishda muammolar tug‘ilmoqda. 

Hozirda Telegram’dagi nosozliklar sababi haqida messenjer vakillari rasmiy ma'lumot berishmagan. 

Top