18:09 / 08.06.2020
3625

Gruziya karantin cheklovlarini yumshatdi

Umumiy ovqatlanish muassasalarida niqob taqish, ijtimoiy masofaga rioya qilish majburiy bo‘ladi, bir stolda oltitadan ortiq kishi o‘tirishiga ruxsat berilmaydi. 

Gruziya hukumati 8 iyundan koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin cheklovlarini yumshatish bo‘yicha navbatdagi bosqichni boshladi. Bu haqda «Sputnik Gruziya» xabar berdi.

Hukumat qaroriga muvofiq, mamlakatda restoran va qahvaxonalar, mehmonxonalar va valuta almashtirish shaxobchalari, xalqaro qatnov ochiladi. Yo‘lovchi va temir yo‘l qatnovi 15 iyundan boshlanadi.

Umumiy ovqatlanish muassasalarida niqob taqish, ijtimoiy masofaga rioya qilish majburiy bo‘ladi, bir stolda oltitadan ortiq kishi o‘tirishiga ruxsat berilmaydi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Gruziyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 800dan ortiq holat qayd etilgan, 13 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top